Mino Rayola FIFAni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Italiyalik taniqli futbol agenti Mino Rayola FIFA haqida tanqidiy fikrlar bildirdi.
"Mening FIFA haqidagi fikrlarimni barcha biladi. Evropada bu kabi do'kon bizga kerakmas. Futboldagi daromadlarning 97 foizi Evropa futboliga to'g'ri keladi. FIFA kabi korruptsiyaga botgan tashkilotga boshqaruvni nima uchun topshirib qo'yganimizni tushunmaymayman.
Futbolda yangi tizim yaratishni istaymiz. Unda klublar, o'yinchilar va agentlar UEFA boshqaruvi ostida ishlaydi. FIFAga bo'ysunishni istamaymiz. FIFA qandaydir diktatorga o'xshaydi.
Ular safsatabozlik bilan shug'ullanishmoqda va biz agentlardan foydalanib, e'tiborni o'z muammolaridan boshqa joyga qaratishni urinishmoqda. FIFA hamisha barmog'ini bizga qaratib: "Agentlar — yomon yigitlar", deyishadi. Ular e'tiborni o'z muammolaridan boshqa joyga qaratishni istashadi. Ularda shaxsiy g'oya yo'q. Jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o'tkazishmoqda. Bu qanday g'oya bo'ldi?", – dedi Rayola.

Bosh sahifaga
329