Rodrigo Vinisius bilan birga o'ynash haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Real Madrid"ning braziliyalik vingeri Rodrigo Vinisius Junior bilan birga o'ynash borasidagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Vinisius bilan o'ynash yoqimli. Biz Braziliya yoshlar terma jamoalaridan boshlab doim birga o'ynashdan zavqlanganmiz. Men u bilan birga bo'lishni yaxshi ko'raman. Biz xursandmiz va "Real"ga yordam berishga tayyormiz", - deydi braziliyalik futbolchi.
Joriy mavsumda Rodrigo "qirollik klubi" bilan La Liganing 14 o'yinida maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330