Ikki APL jamoasi A Seriyadagi bir futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Verona" yarim himoyachisi Antonin Barakga "Nyukasl" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Goal" portali.
Manbaning xabariga ko'ra, har ikkala ingliz klubi ham 27 yoshli chexiyalikni qishki transfer oynasida qo'lga kiritishga tayyor. Qayd etilishicha, italiyaliklar agar 20 million evrolik taklif tushsa, futbolchini qo'yib yuborishga rozi.
2021/22 yilgi mavsumda Barak "Verona" tarkibida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 14 million evroga baholagan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279