"Milan"ning ikki futbolchisi jazolandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 776
"Milan" rahbariyati Lukas Bilya va Frank Kesseni jazolashga qaror qildi. Sababi bu ikki futbolchi "Inter"ga qarshi o'yin vaqtida zaxira o'rindig'ida janjal chiqarishgan.
"Football Italia"ning yozishicha, ikkala futbolchi ham jarimaga tortilgan. Jarima miqdori noma'lum.
Shuningdek, ma'lumotlarga qaraganda, Kesse bosh murabbiy Jennaro Gattuzodan juda norozi. Shu bois bu futbolchi nafaqat jarimaga tortilishi, balki bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!