Marsyal qishda MYuni tark etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Hujumchi Antoni Marsyal qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi. Bu haqda futbolchining vakili Filipp Lamboli ma'lum qildi.
«Antoni yanvarda «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi. U shunchaki o'ynashni xohlaydi. Marsyal mavsumning ikkinchi qismida jamoada qolishni istamayapti va men buni tez orada klub bilan muhokama qilaman», dedi frantsuzning agenti.
2021/2022 yilgi mavsumda Antoni Marsyal «Manchester Yunayted»ning o'nta o'yinida atigi 359 daqiqa o'ynadi. Frantsiyalik futbolchi oktyabr oyi boshida APLda «Everton» darvozasiga bitta gol yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Antoni Marsyal «Monako»dan ko'chib o'tgandan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274