«Vest Xem» to'purari bilan shartnoma uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

«Vest Xem» hujumchisi Maykl Antonio klub bilan shartnomasini uzaytiradi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira. Manbaga ko'ra, tomonlar 2024 yilning iyunigacha yangi shartnoma imzolaydi. Kelishuvga allaqachon erishilgan.
Antonio 2015 yildan beri «Vest Xem»da o'ynab kelmoqda. Ikki yildan beri u ketma-ket jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282