«Barselona» Ter Shtegenga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

«Barselona» jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor, deb xabar beradi El Nacional nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi nemisning so'nggi o'yinlaridan qoniqmayapti. Xavi bosh murabbiyi Ter Shtegenning mahoratini yuqori baholasa-da, klub rahbariyati uning sotilishini istisno etmayapti.
Qayd etilishicha, «Barsa» «Ayaks»dan Andre Onanani sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda, bu esa jamoaning maoshini kamaytiradi, chunki kamerunlik futbolchining maoshi Mark-Andrenikidan ancha past.
Yaqinda Ter Shtegen Premer-liga klubi taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274