Manba: Ronaldu yanvarda «Real»ga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

Madridning «Real» klubi yanvar oyida «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shov-shuvli tarzda shartnoma imzolashi mumkin, deya xabar beradi Football Insider nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, ispan klubi Ralf Rangnikning bosh murabbiy etib tayinlanishi potentsial Ronalduning mavsum o'rtalarida transferi uchun eshikni ochgan deb hisoblamoqda. Manbaning ta'kidlashicha, 36 yoshli portugaliyalik hujumchi Rangnik «Manchester Yunayted»da erishmoqchi bo'lgan yuqori temp va bosim o'yiniga mos kelmaydi.
Qayd etilishicha, «Real» Ronalduning holatini kuzatib bormoqda va yanvar oyida taklif bilan chiqishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha «Real»da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277