Gvardiola - APLda noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyiga aylandi.
Noyabr oyida «Man Siti» «Manchester Yunayted» (2:0), «Everton» (3:0) va «Vest Xem»ni (2:1) mag'lub etgandi.
Gvardiola faoliyatida 10 marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
«Manchester Siti» 15 turda 35 ochko to'plagan va APLda 1-o'rinni egallab turibdi.
Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasiga Stiven Jerrard va Yurgen Klopp ham nomzod bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272