PSJ Di Mariya bilan shartnoma uzaytirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

PSJ argentinalik hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor. Bu haqda Le Parisien nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Tomonlar bu borada dastlabki muzokaralar olib bordi va og'zaki kelishuvga erishdi. 33 yoshli vingerning frantsuz grandi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Anxel 2015 yildan beri Parij jamoasining sharafini himoya qilib keladi.
Avvalroq OAVda di Mariyaning Ispaniyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy Liga 1 musobaqasida argentinalik futbolchi 11 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 marta jamoadoshlariga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282