Emeri shogirdlarining ko'rsatgan o'yinidan mumnun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri «Atalanta» ustidan qozonilgan (3:2) g'alaba haqida fikr bildirdi.
«Italiyaning eng kuchli klublaridan biri «Atalanta»ga qarshi o'ynash naqadar qiyin ekanini o'zingiz ham ko'rdingiz. U chiroyli futbol namoyish etadi va futbolchilari yaxshi formada.
Bunday jamoaga qarshi o'ynash ko'p kuch talab etadi. Hisob 3:0 bo'lganida ham tinchlana olmasligimizni bilardik, bizga ehtiyotkorlik va to'liq kontsentratsiya kerak edi.
Chempionlar ligasida biz barqarorlik, etarli avtoritet va ishonchga erishdik va bu juda muhim. Bizda faxrlanadigan narsalarimiz bisyor.
Keyingi bosqichda juda kuchli raqiblar bo'ladi. Qo'limizdan kelganicha o'ynaymiz», - deydi Emeri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235