“Liverpul” “Vest Xem” forvardiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

“Sky Sports” nashri xabariga ko'ra, “Liverpul” rahbariyati o'z jamoasiga yangi hujumchi sotib olmoqchi. Manbaga ko'ra, “qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Klopp klubdan “Vest Xem” hujumchisi Jorrod Bouenni sotib olishni istamoqda.
24 yoshli ingliz futbolchisi so'nggi paytlarda juda yuqori darajadagi futbol ko'rsatdi. Eslatib o'tamiz, “bolg'achilar” uni o'tgan yili 20 million evroga sotib olgandi.
Hozir Bouen 30-35 million evroga baholanmoqda va uning “Vest Xem” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236