Maskerano Argentina terma jamoasida ish boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

«Liverpul» va «Barselona» klublarining sobiq yarimhimoyachisi Xaver Maskerano yanvar oyida Argentina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi.
37 yoshli futbolchi bu lavozimni tark etadigan Fernando Batistaning o'rnini egallaydi.
Maskerano Argentina terma jamoasi safida to'rtta jahon chempionatida ishtirok etgan, jumladan, 2014 yilda finalga chiqqan. Shuningdek, «Barselona» bilan besh marta La Liga va ikki marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan.
Xaver 2020 yil oxirida faoliyatini yakunlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236