Tomas Tuxel bu futbolchilarini yo'qotishni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoadan qishki transferlar vaqtida hech kimni qo'yib yubormoqchi emas.
Ma'lumotlarga ko'ra, "aristokratlar" ayni damda bira to'la ikki nafar futbolchisi Timo Verner va Xakim Zieshning tahminiy transferi borasida "Barselona" bilan muzokara olib bormoqda. Ispan klubi ikki futbolchidan hech bo'lmaganda bittasini yanvarda o'z safiga qo'shib olish niyatida, ammo Tomas Tuxel jamoasidan hech kimni qo'yib yubormoqchi emas. Murabbiyning fikricha, ular mavsum davomida klubning asosiy futbolchilari bo'la oladi.
Joriy mavsum Verner londonliklar safida 8 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 golga assistentlikni amalga oshirdi. Ziesh ham huddi shuncha o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasini 1 bor ishg'ol qildi.

Bosh sahifaga
324