“Barselona“ning bir necha yulduzi "qora ro'yxat"ga tushdi. Ular sotiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Chempionlar Ligasida “Bavariya“dan qaqshatqich mag'lubiyatga uchragan “Barselona“ bir qator etakchilarini sotuvga qo'ymoqchi.
"Qora ro'yxat"dan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, qanot himoyachisi Serjino Dest va yarim himoyachi Frenki de Yong kabi o'yinchilar o'rin egallagan.
Yuqorida tilga olinganlar orasida de Yong eng qimmat narxga baholangan (90 million evro). Agar u sotiladigan bo'lsa, jamoaga yaxshi daromad keltirishi mumkin. Ma'lumot uchun, niderlandiyalik o'yinchiga “Manchester Yunayted“ anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda.
“Ko'k-anor ranglilar“ning yosh himoyachisi Destga “Bavariya“ jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya malumot beradi “El Nacional“. Xabarda aytilishicha, nemis klubi amerikalik futbolchi uchun 30 million funtdan ko'p sarflash niyatida emas.

Bosh sahifaga
324