"Barselona" "Bavariya" bilan bog'landi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

Kataloniyaliklarning amerikalik o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Angliyaning "Daily Mail" nashri ma'lum qilishicha, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati "Bavariya"ga Serjino Destning hizmatlarini taklif qilishgan. Agar Myunxen klubi futbolchi uchun 25,7 million funt to'lashsa, ispan grandi shu qishning o'zida himoyachi bilan xayrlashishga tayyor, deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, aynan "Bavariya"ga qarshi o'yindan so'ng Xavi Dest namoyish etgan harakatlarida g'azablangan va Laportaga uni sotish kerakligini aytgan.
Joriy mavsum Dest jamoa safida 12 o'yin o'tkazib, 3 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319