Evropa ligasi. Pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Evropa ligasida guruh bosqichiga yakun yasaldi. Natijada musobaqaning pley-off bosqichida ishtirok etadigan 24ta jamoa nomi aniq bo'ldi.
«Lion», «Monako», «Galatasaroy», «Bayer», «Spartak», «Ayntraxt», «Tsrvena Zvezda» va «Vest Xem» klublari guruh g'olibi sifatida Evropa ligasining nimchorak final bosqichiga yo'l olishdi.
Guruhda 2-o'rinni egallagan klublar esa 1/16 final bosqichida ishtirok etishadi va ularga Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni egallagan jamoalar raqib bo'lishadi.
Evropa ligasi guruh bosqichida 2-o'rinni egallagan klublar: «Reynjers», «Real Sosedad», «Napoli», «Olimpiakos», «Latsio», «Braga», «Betis» va «Dinamo Zagreb».
EChL guruh bosqichida 3-o'rinni egallagan jamoalar: «RB Leyptsig», «Portu», «Borussiya Dortmund», «Sherif», «Barselona», «Atalanta», «Sevilya» va «Zenit».
Evropa ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi 13 dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
321