"Barselona" etakchisini yo'qotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda (0:3) jarohat oldi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbolchiga chap oyog'ining son orqa mushaklari shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. Qayta tiklanishning aniq vaqti esa hozircha noma'lum.
Qayd etish joiz, “Barsa”da hozir faqat bitta hujumchi qoldi – Lyuk de Yong. Martin Breytueyt tizzasidan olgan jarohatidan hali safga qaytmadi, Serxio Aguero esa yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli maydonga tushmayapti.
Joriy mavsumda Depay jamoa safida 21 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335