Konferentsiyalar ligasi. Shomurodov va jamoasi birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Biroz oldin Konferentsiyalar ligasi guruh bosqich 6-turidan o'rin olgan TsSKA Sofiya - «Roma» uchrashuvi yakuniga etdi.
Ushbu bahsda rimliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Mehmonlar safida Temmi Abraxam dubl qayd etdi. Shuningdek, Mayoral ham raqib darvozasini ishg'ol etdi. Mezbonlardan esa Chatakovich va Vildsxut o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Ma'lumot uchun, «Roma» ochkolarini sonini 13 taga etkazgan holda, o'z guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 1 ochko to'plagan sofiyaliklar «C» guruhida so'nggi o'rinni band etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302