APL. "Brayton" – "Tottenxem" uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Angliya chempionati 16-turidan o'rin olgan "Brayton" – "Tottenxem" uchrashuvi London klubida koronavirus tarqalgani sababli qoldirildi.
O'yin 12 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tishi kerak edi.
Kecha, 8 dekabr kuni UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining so'nggi turidan o'rin olgan “Tottenxem” va Frantsiyaning “Renn” klublari o'rtasidagi uchrashuv o'tkazilmasligini ma'lum qildi.
Oldinroq “shporlar” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoada sakkiz nafar futbolchi va besh nafar murabbiylar shtabi azosi ijobiy sinovdan o'tganini ma'lum qilgandi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312