"Barselona" futbolchisining klubda sanoqli kunlari qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

"Barselona"ning amerikalik o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest Kataloniya klubini tark etishga yaqin turibdi.
"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xaviga yaqin bo'lgan jurnalist Xavi Migelning so'zlariga ko'ra, murabbiyning Destdan ko'ngli qolgan. Qayd etilishicha, Xavi amerikalikni sotish uchun rahbariyatga yashil chiroq yoqqan.
Ma'lumotlarga ko'ra, klub futbolchining transferidan tahminan 30 million evro ishlab olmoqchi.
"Bavariya"ga qarshi (0:3) o'yinning tanaffusida Xavi tanbeh bergan futbolchilardan biri aynan Serjino Dest edi. Ispaniyalik murabbiyning fikricha, u maydonda butunlay adashib qolgan.
Qayd etilishicha, Xavi amerikalikning o'yinidan shunchalik g'azablanganki, u klub prezidenti Joan Laportdan, agar yaxshi taklif tushsa, yanvar oyidayoq futbolchini sotishni so'ragan.
Manba: Soccernews.ru
Bosh sahifaga
307