Luis Suaresning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

«Atletiko» matbuot xizmati hujumchi Luis Suaresning jarohati borasida ma'lumot berib o'tdi. Eslatib o'tamiz, urugvaylik futbolchi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida bo'lib o'tgan "Portu"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Uning mushagi uzilgani taxmin qilingandi. O'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar esa Suaresning jarohati jiddiy emasligini ko'rsatdi.
Luis Suares individual tiklanish mashg'ulotlarini davom ettiradi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida ma'lumot berilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323