Rayola: "Biz Xolandni qaerga ketishi kerakligini tushunamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola mijozining kelajagi borasida fikr bildirdi.
"Biz Xoland qaerga ketishi kerakligini tushunamiz. Bozor bizga taklif qilayotgan shartnomaga e'tibor qaratamiz. Erling kabi hujumchi bilan biz bozorga ta'sir o'tkaza olamiz", – deya Rayolaning so'zlaridan iqtibos keltirgan jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsum 21 yoshli norveg "asalarilar" safida 17 o'yinda maydonga tushib, 17 gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317