Kimmix koronavirus tufayli yilning qolgan qismini o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Myunxen klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix koronavirus ta'siri tufayli yilning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
"Karantinim tugaganidan xursandman. Men yaxshiman, lekin o'pkada biroz infiltratsiya bo'lgani uchun to'liq kuch bilan shug'ullana olmayapman. Umid qilamanki, yanvar oyida to'liq mashg'ulotlarni boshlayman", - dedi Kimmix klub matbuot hizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi noyabr oyi oxirida koronavirus bilan kasallangan edi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsum “Bavariya” safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322