“Chelsi” himoyachisi ispan grandlari e'tiboriga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

“Atletiko” va “Barselona” klublari “Chelsi” himoyachisi Sezar Aspilikueta sotib olishga harakat qilib ko'radi, deb xabar beradi “Eurosport” nashri.
32 yoshli ispaniyalikning London klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Manbaga ko'ra, Aspilikueta unga bo'lgan qiziqishdan xabardor, ammo baribir “Chelsi”da qolishdan umidvor, ammo klub rahbariyatining aniq niyatini bilmaydi.
Qayd etilishicha, “Tottenxem” ham Sezarni transfer qilish bo'yicha taklif bilan chiqishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, himoyachi Angliya chempionati doirasida joriy mavsum 9 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308