"Fiorentina" Frantsiyadan yarim himoyachi sotib olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Frantsiyaning "Lill" klubi yarim himoyachisi Jonatan Ikone faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin.
Jurnalist Fabritso Romanoning xabar berishicha, "Fiorentina" "Lill"dan Jonatan Ikoneni sotib olmoqda. Bu transfer "binafsharanglilar" uchun 15 million evroga tushadi. Futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib olgan, deyiladi xabarda.
Joriy mavsum Ikone frantsuz klubi safida 17 o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritgan.
Manba: Fabrizio RomanoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310