"Arsenal" o'z futbolchisini qo'yib yuborishni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Arsenal" futbolchisi Pablo Mariga sobiq klubi "Flamengo" qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko'ra, braziliyaliklar himoyachini mavsum so'ngiga qadar ijara asosida olishni so'ragan.
Ammo "Arsenal" buni rad etgan. Klub sport direktori Edu Gaspar Pablo Marini Janubiy Amerikaga ketishini istamayapti.
Mari hozirda zaxiraga mixlanib qolgan. U bu mavsumda atigi 3 marta maydonga tushirilgan, xolos. Eslatib o'tamiz, Marining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402