«Barselona»ning 17 yillik seriyasi to'xtatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

«Barselona» Chempionlar ligasining 6-turida «Bavariya»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Evropa ligasiga tushib ketdi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar turnirning pley-off bosqichiga 17 yildan so'ng, ilk marta chiqa olishmadi.
«Ko'k-anorranglilar» seriyasi 2004/05 yilgi mavsumda, Lionel Messi o'zining birinchi mavsumini asosiy jamoada o'tkazgan paytda boshlangan va argentinalik klubni tark etganidan keyin ushbu seriya to'xtatildi.
UEFA Chempionlar Ligasi tarixida faqatgina «Real»ning natijalari yaxshiroq. Madrid klubi bu mavsumda ketma-ket 25-marta pley-off bosqichiga yo'l oldi.
«Barsa» so'nggi 17 yil ichida birinchi marta UEFA kubogi/Evropa ligasida o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368