“Siti“ sobiq futbolchisi Grilishning Manchesterdan ketishini xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

“Manchester Siti“ sobiq o'yinchisi Mika Richards klub vingeri Jek Grilish haqida fikr bildirib o'tdi. Uning aytishicha, Jekning ko'rsatayotgan o'yini hozirgi “Siti“ uchun mos kelmaydi.
Shularni hisobga olgan holda, angliyalik sobiq futbolchi qimmatbaho 26 yoshli pleymeyker jamoani tark etgani ma'qul deb o'ylamoqda va uning o'rniga ehtimoliy variant sifatida PSJning top yulduzi Kilian Mbappeni ko'rsatgan.
Mbappening har uchrashuvda kiritayotgan gollari, qayd etayotgan rekordlari frantsuz futbolchisining Manchesterga kelishi uchun yaxshi sabab bo'la oladi, deya hisoblaydi Mika Richards.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
445