«Bavariya» rahbariyatida o'zgarishlar bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Myunxenning «Bavariya» klubi bir qator tayinlovlar va klub tuzilmasida o'zgarishlarni amalga oshirdi.
Janubiy yulduz skautlar bo'limi boshlig'i Marko Neppe texnik direktor etib tayinlandi. Neppe 2014 yilning yozidan beri nemis grandi tarkibida ishlab kelmoqda.
Ilgari klubning huquqiy masalalar bo'yicha direktori lavozimida ishlab kelgan doktor Maykl Gerlinger klubning sport biznesi va raqobat bo'yicha vitse-prezidenti etib tayinlandi. Gerlinger «Bavariya»da 2005 yildan buyon ishlaydi.
Bugun «Bavariya» Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida «Barselona» bilan o'z uyida o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
448