"Manchester Siti" yozda "Atletiko"ning eng qimmat transferini o'z safiga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

"Manchester Siti" "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksga qiziqish bildirmoqda.
"Fichajes" nashri ma'lum qilishicha, "shaharliklar" 2022 yilning yozida jamoa tarkibini jiddiy yangilashni rejalashtirmoqda va 22 yoshli portugaliyalikni o'z safiga qo'shib olishni niyat qilgan. Oldinroq futbolchi jamoasini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Feliks "Atletiko"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynamoqda. 2021/22 yilgi mavsumda forvard jamoasi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. "Transfermarkt" portali futbolchini 70 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322