«Portu» muxlislari «Atletiko»ga qarshi o'yinda ispaniyalik sharhlovchilarga hujum qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

«Portu» muxlislari Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan «Atletiko»ga qarshi o'yinda (1:3) ispaniyalik sharhlovchilarga hujum qilishdi. Voqea translyatsiya vaqtida yuz berdi, deb yozadi Marca.
«Atletiko» ikkinchi bo'limning qo'shimcha daqiqalarida uchinchi golni urganidan so'ng, muxlislar Alvaro Benito, Xose Sanchis va Gustavo Lopesning sharhlar kabinasiga kirib ketishdi.
Muxlislarni tinchlantirishga va xavfsizlikni chaqirishga uringan sharhlovchilarning so'zlari efirga uzatildi. Shundan so'ng, translyatsiyani bir muddat to'xtatishga to'g'ri keldi.
Sharhlovchilar keyinroq «bunday narsaga ilgari hech qachon duch kelmaganliklarini» aytishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355