"Portu" o'z futbolchisi uchun da'vogarlardan kamida 50 million evro undirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Liverpul"ning yana bir nishoni ma'lum bo'ldi. Ispan nashrlariga ko'ra, Yurgen Klopp 2022 yilda birinchi bo'lib "Portu" hujumchisi Luis Diasni o'z jamoasiga jalb etish niyatida.
24 yoshli futbolchi bu mavsumda fantastik harakat qilmoqda. U hozirga qadar 12 bor raqiblar darvozasiga yo'l topa olgan hamda 2ta assist ham bajargan.
Kolumbiya terma jamoasi a'zosi uchun "Atletiko" ham da'vo qilmoqda. Ammo Dias transferi oson bo'lmaydi.
Negaki, "Portu" o'z futbolchisi uchun kamida 50 million evro so'rash maqsadida. Har ikki klub Dias uchun keyingi yozga qadar sukut saqlashga majbur.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378