"Real" Modrichga yangi shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ma'lumotlarga ko'ra, "qirollik klubi" 36 yoshli xorvatga 2023 yilning iyun oyi oxirigacha yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Ma'lum qilinishicha, har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishga tayyor va kelishuvga erishishga yaqin.
Eslatib o'tamiz, Modrich "qaymoqranglilar" safiga 2012 yilda kelib qo'shilgan. Joriy mavsum yarim himoyachi 17 o'yinda maydonga tushib, 5 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315