Roys Myuller va Gomeslar qatoriga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Marko Roys Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan «Beshiktosh»ga qarshi o'yinda (5:0) dubl qayd etdi.
Shu tariqa, hujumchi Chempionlar ligasida 21 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan Roys Chempionlar ligasida Tomas Myuller (49) va Mario Gomes (26) dan keyin 20 ta gol urgan uchinchi nemis futbolchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Roys joriy mavsum Bundesligada 13 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319