"MYu" "Yang Boyz"ni Young Boys bilan taslim etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285

"Manchester Yunayted" EChL doirasidagi "Yang Boyz"ga qarshi bahsga akademiya futbolchilarini jalb qilmoqda. So'nggi xabarlarga ko'ra, Rangnik yoshlardan bir nechta futbolchilarni o'yin uchun qaydnomaga kiritgan.
Jumladan, himoyachi Byorn Xardli, yarim himoyachilar Charli Sevej, Charli Uellens, Sem Mater, Zidan Iqbol hamda hujumchi Shola Shortayrlar qaydnoma ro'yxatidan joy olgan. "MYu"ning 19 yoshgacha bo'lgan jamoasi a'zolari bu mavsumda UEFA yoshlar ligasida yaxshi ishtirok etmoqda.
Jamoa allaqachon turnirning pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Avvalroq Rangnik Nemanya Matich jamoaga sardorlik qilishi hamda Din Xenderson va Van de Beklar asosiyda maydonga tushishini tasdiqlagan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402