"Lester" futbolchisi "Uotford" nishonida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Uotford" klubi "Lester Siti" futbolchisi Deniel Amarti transferiga qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko'ra, Klaudio Raneri sobiq shogirdini o'z jamoasiga olib kelmoqchi.
Raneri "Lester"ning shonli paytida Amarti bilan ishlagan va futbolchining nimalarga qodirligini biladi. Bir paytlar u Amartini "favqulotda ajoyib futbolchi" deb ta'riflagan edi.
26 yoshli yarim himoyachi "Lester"da zahiraga mixlanib qolgan. U boshqa jamoaga o'tishga qarshi bo'lmaydi. Amartining amaldagi shartnomasi ham kelasi yozda yakunlanadi. Eslatib o'tamiz, Raneri boshchiligidagi "Uotford" APLda 17 o'rindan joy olgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402