Gvardiola "Leyptsig"ga uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola EChL guruh bosqichi 6-turi doirasidagi "Leyptsig"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
“1/8 finalga chiqqanimizdan xursandmiz, bu yaxshi yangilik. Guruh uchrashuvlari qiyin bo'ldi, lekin biz o'yinlarni muvaffaqiyatli o'tkazdik. "Leyptsig"ga qarshi ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimiz menga yoqdi, lekin birinchi bo'limdan unchalik mamnun emasman. Tanaffusdan so'ng biz ko'proq uzatmalar bilan harakatlanishga o'tdik, ammo so'nggi pasni berishda doim nimadur etishmayotgandek tuyuldi. Uokerning chetlatilishi juda yoqimsiz bo'ldi, ayniqsa u 1/8 finalning birinchi o'yinini o'tkazib yuborishini hisobga olsak. Kayl biz uchun muhim futbolchi, uni bunday yo'qotib bo'lmaydi. Umid qilamanki, Uoker qilgan ishidan saboq oladi”, - dedi Gvardiola UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
409