Messi EChLda o'zining 125-golini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

“PSJ”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasidagi gollari sonini 125 taga etkazdi.
Messi guruh bosqichining 6-turida “Bryugge” bilan o'yinda (4:1) dubl qayd etdi. Evropaning klublar miqiyosidagi eng kuchli musobaqasidagi gollari soni bo'yicha futbolchi 140 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan portugaliyalik hujumchi “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
Joriy mavsumda 34 yoshli forvard "PSJ" safida barcha turnirlar doirasida 14 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367