Arturga kutilmagan da'vogar paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Turinning «Yuventus» klubi o'z yarimhimoyachisi Artur Melodan qutulish niyatida ekani haqida kecha xabarlar tarqalgan edi. Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri braziliyalik futbolchi xizmatlaridan foydalanish niyatida emas.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga «Liverpul» va «Sevilya» klublari da'vogarlik qilmoqda. Shuningdek, qishki transferlar oynasida futbolchi uchun kurashga «Nyukasl» ham qo'shildi, deb xabar beradi Calcio Mercato.
Manbaning xabariga ko'ra, «qarg'alar» Arturni ijaraga olishlari mumkin, jumladan, shartnomada mavsum yakunida sotib olish mumkin bo'lgan band ham mavjud. Futbolchining ehtimoliy transferi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368