Koronavirus Evropa futbolida yana «sahnaga chiqmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

«Tottenhem» klubida koronavirus o'chog'i paydo bo'lgani aytilmoqda. The Athletic nashrining xabar qilishicha, «shporlar»ning 6 nafar futbolchisi va ikki nafar murabbiylar shtabi vakilida virus aniqlangan. Kasallangan haqidagi ma'lumotlar ochiqlanmagan.
Endilikda ular 10 kun mobaynida izolyatsiyada bo'ladi. Shu tariqa zararlangan futbolchilar London klubining yaqin oradagi uchta o'yinini o'tkazib yuboradi.
«Portu» klubi sardori Pepeda ham koronavirus aniqlangan. Futbolchi Chempionlar Ligasi 6-turi doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Avvalroq COVID bilan bog'liq vaziyat sabab «Bavariya» va «Barselona» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv tomoshabinlarsiz o'tkazilishi xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403