"Fenerbaxche" futbolchisining "Chelsi"ga o'tishi bilan bog'liq xabarlar inkor etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi o'z futbolchisi Atilla Salai bilan bog'liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Unga ko'ra, 23 yoshli himoyachi Londonning "Chelsi" jamoasi bilan hech qanday aloqa qilmagan.
Klub futbolchi uchun Angliyadan taklif olmagan. Bu ma'lumotlarning hech biri haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Klub bergan bayonotda shunday deyiladi:
"Klub Atilla Salai borasizda o'zga jamoalar bilan hech qanday muzokaralar olib borayotgani yo'q. O'yinchi hozirda klubimiz maqsadlari yo'lida harakat qilmoqda. U bilan bog'liq xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi".
Eslatib o'tamiz, Salaining "Fenerbaxche" bilan tuzgan shartnomasi 4 yilga mo'ljallanagan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405