Saloh «Liverpul» afsonasining natijasiga yaqinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida bo'lib o'tgan «Milan»ga qarshi o'yinda (2:1) bitta gol muallifiga aylandi.
Misrlik futbolchi uchun mazkur gol joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi 20-gol bo'ldi.
"OptaJoe" tarqatgan xabarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi besh mavsumdan buyon kamida 20ta gol urib kelmoqda. Bu orqali u Saloh «Liverpul» afsonasi Yan Rashdan keyin ikkinchi futbolchiga aylandi. Rash ketma-ket 6ta mavsumda 20tadan ortiq gol urgan (1981/82 — 1986/87).
Saloh joriy mavsumda APLda 13, EChLda 7ta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403