EChL. Pley-offga chiqqan jamoalar 12taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

7 dekabr, seshanba kuni Evropa chempionlar ligasi "A", "B", "C" va "D" guruhlarida so'nggi tur bahslari bo'lib o'tdi. Musobaqaning nimchorak final bosqichiga chiqqan jamoalar soni 12taga etdi.
Ular: «Manchester Siti», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Chelsi» (barchasi — Angliya), «Atletiko», «Real» (ikkisi — Ispaniya), «Inter», «Yuventus» (ikkisi — Italiya), «Bavariya» (Germaniya), «PSJ» (Frantsiya), «Ayaks» (Niderlandiya) va «Sporting» (Portugaliya).
"E", "F", "G" va "H" guruhlarida 6-tur uchrashuvlari 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Shundan so'ng pley-offga chiqqan yana 4ta klubning nomi aniq bo'ladi. Nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 13 dekabr kuni Non (Shveytsariya) shahrida bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
389