«Real» — Chempionlar ligasida 1000ta gol urgan ilk klub
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

«Real» Evrpoa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida o'z uyida «Inter»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Musobaqaning saralash bosqichini inobatga olmaganda, "Qirollik klubi"ning musobaqa tarixida urgan gollari soni 1000tadan oshdi. Minginchi golni "Inter"ga qarshi bahsning 17-daqiqasida Toni Kroos urishga muvaffaq bo'ldi.
«Real» bu gollarni 455ta uchrashuvda urgan. Madridliklar Chempionlar ligasining bitta o'yinida o'rtacha 2,2ta to'p kiritib kelishmoqda. Bu esa Chempionlar kubogi/Chempionlar ligasida kamida 50ta o'yin o'tkazgan klublar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, «Real» 15 ochko bilan guruhda 1-o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388