Anchelotti: «Guruhda 1-o'rinni oldik, endi qur'a meni xavotirga solmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi so'nggi turi doirasida bo'lib o'tgan «Inter»ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud. Hozirda yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozonadigan jamoa yo'q. Kurash jiddiy kechadi.
Bizning jamoa ko'p qavatli himoya orqali g'alaba qozonadigan jamoalar toifasiga kirmaydi. Ammo jamoamiz yuqori mahoratli va irodali.
Guruhda 1-o'rinni egallaganimiz muhim ahamiyatga ega, qur'a esa meni xavotirga solmaydi. Har qanday holatda ham sovrinni qo'lga kiritishni istaymiz», — dedi Anchelotti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378