Messi Pele bilan tenglashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi EChL doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinda gol urdi. Bu uning faoliyatidagi 757-goliga aylandi.
"RSSSF" (futbol bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'plovchi tashkilot) ma'lumotlariga ko'ra, xuddi shuncha gol "Santos" va Braziliya terma jamoasining afsonaviy sobiq hujumchisi Pele hisobida ham mavjud.
Qayd etish joiz, hozirda davom etayotgan "PSJ" – "Bryugge" o'yinida 3:0 hisobi qayd etilmoqda. Messidan tashqari Kilian Mbappe ham o'z hisobiga gol (dubl) yozdirib qo'ygan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309