“Barselona” muxlislari uchun yana bir qayg'uli xabar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224
“Barselona” himoyachisi Xordi Alba EChL guruh bosqichining 6-turi doirasidagi “Bavariya”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Alba mushaklardagi noqulaylik tufayli jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.
“Diario Sport” nashri xabariga ko'ra, Albaning Myunxen klubiga qarshi o'yinda ishtirok etishi haqidagi qaror ertaga, 8 dekabr o'yin kuni qabul qilinadi.
Shuningdek, Fati, Breytueyt, Aguero, Pedri va Serxio Roberto EChL so'ngt tur o'yinini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!