A seriya. Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

“Inter” yarimhimoyachisi Xoqon Chalxanoglu Italiya chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda A seriya matbuot xizmati xabar berdi.
O'tgan oyda Xoqon Chalxanoglu Italiya chempionatida uchta o'yin o'tkazdi. Ularda turkiyalik futbolchi uchta gol va sherigiga bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Hoqon Chalxonogli o'z sovrinini “Inter”ning Italiya chempionatidagi navbatdagi o'yini oldidan oladi. 12 dekabr, yakshanba kuni Simone Indzagi shogirdlari o'z maydonida “Kalyari”ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Xoqon Chalxonoglu o'tgan yozda “Milan”dan “Inter”ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367