Og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Ma'lum qilganimizdek, bugun poytaxtimizda og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi. Ayni daqiqalarda mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi raisi Botir Zokirov, O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov, Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi rahbarlari, ko'p sonli muxlislar va musobaqada ishtirok etayotgan delegatsiyalar qatnashishdi.
Marosim avvalida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan yuksak e'tibor haqidagi videorolik mehmonlarga taqdim qilindi. Shundan so'ng sahnalashtirilgan turli badiiy chiqishlar yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi. Ayniqsa, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Shukurullo Isroilov, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Jenisbek Piyazov, “Sitora” guruhi ishtirokidagi chiqish yig'ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Manba: Olympic.uz
Bosh sahifaga
364